Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikiston parlamenti diniy partiyalar tashkil etishga taqiqni qonuniylashtirdi
Tojikiston parlamentining quyi palatasi «Vijdon erkinligi va diniy uyushmalar to‘g‘risida»gi qonunga tuzatishlar kiritdi hamda mamlakatda diniy partiyalar tuzishni rasman taqiqladi.
Tuzatishlarga ko‘ra, Tojikistonda diniy ta'limni faqat davlat ta'lim muassasalarida olish mumkin, deya aytib o‘tdi parlament deputati Jabbor Ahmadov.
Tojikiston o‘z hududida diniy partiya ko‘p yillar davomida faoliyat yuritgan mintaqadagi yagona davlatdir. Tojikiston Islomiy uyg‘onish partiyasi (TIUP) SSSR parchalanib ketishidan oldin tuzilgan bo‘lib, 2015 yilning kuzida davlat to‘ntarishiga urinish harakatida ishtirok etish ayblovi bilan yopilgan.
Qonunga kiritilgan yana bir tuzatish, mamlakatda diniy siyosatni shakllantirishda davlatning ustunligini ta'minlaydi. Bir necha yildan beri davlat diniy sohani boshqarish funksiyalarini o‘z zimmasiga oldi. Hozirgi paytda Tojikistonning Ulamolar kengashi davlat tomonidan to‘la nazorat qilinmoqda va imomlar davlat xizmatchilari sifatida maosh oladi.
Qonunga kiritilgan yangi tuzatishlar bo‘yicha, mahalliy hokimiyat organlariga mahalliy tadbirkorlar nomlarini yangi masjidlarga qo‘yishga ruxsat bermaslik vazifasi topshirildi. Masjidlarda islom dunyosida mashhur bo‘lgan shaxslarning ismlari bo‘lishi kerak, deydi Jabbor Ahmadov.
Mavzuga oid
20:08 / 08.10.2025
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Tojikistonga boradi
21:26 / 25.08.2025
Tojikistonda folbin va sehrgarlar xizmatidan foydalanganlik uchun jazo joriy etildi
07:46 / 23.08.2025
Rossiyaga isiriq olib borgan tojikistonlik ayol 8 yilga qamaldi
17:52 / 04.12.2024