Qirg‘izistonning O‘sh shahrida O‘zbekiston hisobidan maktab quriladi. Qirg‘iziston Respublikasi parlamenti ikki davlat o‘rtasidagi bitimni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasini uchinchi o‘qishda ma'qulladi.
Qirg‘iziston ta'lim va ilm-fan vaziri Gulmira Xudoyberdiyevaning so‘zlariga ko‘ra, quruvchilarning katta qismi O‘zbekistondan bo‘ladi. Qurilish keyingi o‘quv yilining boshlanishiga qadar yakunlanishi rejalashtirilgan.
630 nafar o‘quvchiga mo‘ljallangan maktab uch korpusdan iborat bo‘ladi. Qonun Qirg‘iziston prezidentiga imzo qo‘yish uchun yuboriladi.

















