11:30 / 07.12.2017
11845

O‘zbekiston va Turkmaniston davlat chegaralarini delimitatsiya qilish masalalarini muhokama qildi

2017 yilning 1-6 dekabr kunlari Toshhovuz shahrida (Turkmaniston) O‘zbekiston Respublikasi va Turkmaniston o‘rtasida Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston-Turkmaniston hukumatlararo qo‘shma komissiya ishchi guruhlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV axborot xizmati xabar bergan.

Muzokaralar davomida 2017 yilda olib borilgan dala ishlarining natijalari sarhisob qilindi. Uchrashuvlar chog‘ida demarkatsiya ishini jadallashtirish, kelgusi yilda yig‘ilishlarni va dala ishlarni faollashtirishga kelishib olindi.

Uchrashuv yakuniga ko‘ra Bayonnoma imzolandi. Muzokaralar an'anaviy do‘stlik va o‘zaro anglashuv muhitida o‘tdi.

Mavzuga oid
Top