Buyuk Britaniyaning Huffington Post nashrida O‘zbekistonning turizm salohiyati va nima uchun bu mamlakatga sayohat qilish kerakligi haqida qiziqarli maqola chop etildi. Unda ta'kidlanishicha, agar siz turli xil madaniyat, boy tarix, mazali taom tayyorlanadigan, yoki shunchaki ajoyib arxitektura yodgorliklariga qiziqsangiz, dengizga chiqa olmaydigan bu davlatda har kimga mos keladigan nimanidir topish mumkin. Quyida O‘zbekistonga tashrif buyurishning ayrim sabablari...keltirilgan.

U yerda juda ham arzon

Foto:  Viola Helen/huffingtonpost.co.uk

O‘zbekiston juda ham arzon, o‘rtacha to‘yib ovqatlanish uchun 2,25 funt sterling (25 ming so‘m) atrofida pul ketadi. Taksida sayr qilish uchun taxminan 1 funt kifoya qiladi.

Foto:  Viola Helen/huffingtonpost.co.uk

O‘zbekiston dunyoning arxitektura yodgorliklari bo‘yicha eng chiroyli mamlakatlaridan biridir. Dunyoga mashhur Samarqanddagi Registon diqqatga sazovor joylardan biridir. Shohi-Zinda majmuasida Temuriylar davriga doir koshinlik san'atidan bahra olish mumkin.

Foto:  Viola Helen/huffingtonpost.co.uk

O‘zbekistonning 3 shahri – Samarqand, Buxoro va Xiva qadimgi Ipak yo‘lining asosiy bekatlaridan biri bo‘lgan. Ularning barchasi bugungi kunda avvalgi go‘zalligiga qayta tiklangan. Chingiz xon qachonlardir mamlakat uzra bosqinchilik qilar ekan, Buxoro, Samarqand va Termizni egallagan, makedoniyalik Aleksandr Samarqandni egallab, Nurotaga asos solgandi. Bu yerda uning qal'asi qoldiqlari saqlanib qolgan. Xiva UNESCO madaniy yodgorliklari ro‘yxatiga kiritilgan osmon ostidagi muzey deb ataluvchi majmuaga ega. O‘zbekiston endigina sayyohlarga eshiklarini ochmoqda.

Foto:  Viola Helen/huffingtonpost.co.uk

Men hech qachon O‘zbekistondan chop to‘plamini xarid qilishni xayolimga ham keltirmagan edim. O‘zbekistonning yirik shaharlari, hech shubhasiz, sopol idishlarning haqiqiy arzon bozoridir. Yangi kosa yoki likopchalar kerak bo‘lib qoldimi? O‘ylanmasdan O‘zbekistonga uching. Chiroyli bo‘yalgan idish-tovoqlardan tashqari, siz O‘zbekistonning mashhur matolarini ham xarid qilishingiz mumkin.