O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining buyrug‘i bilan Byudjyet tasnifini qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 martdagi PQ-2847-son “Moliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq:

1. O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2010 yil 20 avgustdagi 65-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2146, 2010 yil 11 oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010 y., 40-41-son, 356-modda) bilan tasdiqlangan Byudjyet tasnifini qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomaga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

2. Mazkur buyruq rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kirdi. 

Byudjyet tasnifini ko‘llash bo‘yicha yo‘riqnomaga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar:

1. 32-band quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“32. 7 011 400 “Fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlarining faoliyati” kichik bo‘limi bo‘yicha shaharcha, qishloq va ovullarda, shuningdek ular tarkibidagi mahallalarda hamda shaharlardagi mahallalarda fuqarolarning yig‘inlarini saqlash xarajatlari aks ettiriladi.”.

2. 110-banddagi “targ‘ibot” degan so‘z “va ma'rifat” degan so‘zlar bilan almashtirildi.

3. 1-ilova 3 01110 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan to‘ldirildi:

“3 012 0 0 O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi oliy ta'lim muassasalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi;

3 012 1 0 Respublika mablag‘lari;

3 013 0 0 Ichki iste'mol bozorida narx-navoni barqarorlashtirishga ko‘maklashish jamg‘armasi;

3 013 1 0 Respublika mablag‘lari;

3 014 0 0 O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamg‘armasi;

3 014 1 0 Respublika mablag‘lari;

3 014 2 0 Hududiy mablag‘lar;