09:10 / 08.12.2017
10922

Yevropa qo‘shma shtatlarini yaratish taklifi bildirildi  

Foto: ZUMAPRESS.com

Germaniya sotsial-demokratik partiyasi yetakchisi Martin Shults Yevropa integratsiyasini chuqurlashtirib, 2025 yilga qadar Yevropa qo‘shma shtatlarini tashkil etishga chaqirdi. Bu haqda EU Observer xabar bermoqda. 

“Federal Yevropaga asos soladigan konstitutsiyaviy kelishuv lozim”, deb aytgan Shults.

Shults Yevropa Ittifoqiga a'zo davlatlarga ratifikatsiya uchun ushbu konstitutsiyaviy kelishuvni taqdim qilmoqchiligini ma'lum qildi. Uning aytishicha, bu hujjatni qo‘llab-quvvatlamaydigan davlatlar YeIni tark etishlari lozim bo‘ladi. 

Shults yanada mustahkamlanadigan ittifoq Germaniya, Avstriya, Finlyandiya, Fransiya va Niderlandiyada kuchayib borayotgan o‘ng millatchilar harakatiga qarshilik ko‘rsata oladi.  

Mavzuga oid
Top