00:20 / 08.12.2017
12664

Floyd Meyuezer Rossiya fuqaroligini olish istagini bildirdi

Foto: Getty Images

Amerikalik mashhur bokschi Floyd Meyuezer “Rossiya 24” telekanaliga bergan intervyusida Rossiya fuqaroligini olish istagi borligini aytdi. 

Meyuezerning aytishicha, u Rossiya fuqaroligini olishni sabrsizlik bilan kutmoqda. “Bugun menda Rossiyadagi yangi uyim bo‘lishi mumkin bo‘lgan uy-joy ko‘rish imkoni bo‘ldi, biroq hammasiga vaqt kerak”, deb aytgan bokschi.

Uning ta'kidlashicha, Rossiyada uni developerlik va bank bizneslari qiziqtiradi. “Men Rossiyada biznes olib borish, rossiyalik biznesmenlar bilan hamkor bo‘lish imkoni, shu jumladan bank biznesiga investitsiyalar bo‘yicha muzokaralar olib bormoqdaman”, deb aytgan Floyd.

Mavzuga oid
Top