O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda xodimlarini moddiy rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori chiqdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish tizimi samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017 yil 1 iyundagi PF-5066-son Farmoni talablarini bajarish hamda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shuningdek, xodimlarini moddiy rag‘batlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qildi:

1. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligining O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shuningdek, xodimlarini moddiy rag‘batlantirish bo‘yicha byudjyetdan tashqari maxsus jamg‘armasini (keyingi o‘rinlarda Byudjyetdan tashqari maxsus jamg‘arma deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi.

2. Quyidagilar Byudjyetdan tashqari maxsus jamg‘arma daromadlarini shakllantirish manbalari belgilandi:

kichik hajmli kemalarni ro‘yxatdan (qayta ro‘yxatdan) hamda texnik ko‘rikdan o‘tkazishdan tushadigan mablag‘larning 60 foizi miqdoridagi ajratmalar;

aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, shuningdek, fuqaro muhofazasi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablarini bajarmaslik, kichik hajmli kemalarni ro‘yxatdan o‘tkazish qoidalarini, shuningdek, bunday kemalardan va ular turadigan bazalardan (inshootlardan) foydalanish qoidalarini buzganlik, kema haydovchilarining kichik hajmli kemalarni mast holda boshqargani uchun belgilangan tartibda solinadigan jarimalar summasining 60 foizi miqdoridagi ajratmalar;

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy boshqarmalari, tarkibiy tuzilmalari va idoraviy mansub tashkilotlarini rivojlantirish bo‘yicha byudjyetdan tashqari jamg‘armalar foydasining 15 foizi miqdoridagi ajratmalar;

O‘zbekiston Respublikasi aholisiga xabar berish va ma'lumot (axborot) yetkazishning avtomatlashtirilgan tizimidan reklama-marketing ma'lumotlarni translyatsiya qilish uchun foydalanishdan tushadigan daromadlar;