00:21 / 08.12.2017
9509

Iordanning G‘arbiy qirg‘og‘idagi to‘qnashuvlarda 100 dan ko‘proq falastinlik jabrlandi

Foto: AP

Iordan daryosining G‘arbiy qirg‘og‘i va G‘azo sektorida falastinliklarning Isroil kuch tuzilmalari bilan to‘qnashuvlari oqibatida 100 dan ko‘proq falastinlik jabr ko‘rdi. Bu haqda mahalliy tibbiyot xizmatlari vakillariga iqtibos keltirgan holda “RIA Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda. 

To‘qnashuvlarga 6 dekabrda AQSh prezidenti Donald Trampning Al-Qudsning Isroil poytaxti deb tan olinishi va u yerga AQSh elchixonasining ko‘chirilishi haqidagi qarori sabab bo‘lgan.

“G‘arbiy qirg‘oqda jabrlanganlar soni 104 kishigacha yetdi. Ulardan 4 nafari oddiy, 18 nafari rezina o‘qlardan jarohatlangan”, deb aytdi Qizil yarimoy jamiyati vakili Irab al-Fukaxa. 

Uning ma'lum qilishicha, yana 75 kishi ko‘zni achishtiruvchi gazdan va 7 kishi yiqilish yoki zarbalardan jarohatlangan.  

G‘azo sektori sog‘liqni saqlash vazirligi vakili Ashraf al-Kidra chegarada isroillik harbiylar bilan to‘qnashuvlarda 7 kishi jabrlanganini ma'lum qilgan. Bir falastinlik ayolning ahvoli og‘ir deya baholanmoqda. 

 

Top