Jamiyat | 10:46 / 08.12.2017
16531
2 daqiqa o‘qiladi

Kontratseptsiya ko‘krak bezi saratonini keltirib chiqarishi mumkin

Foto: Fotolia

Homilador bo‘lishni nazorat qilish ayollarning ko‘krak bezi saratoniga uchrash ehtimolini 38 foizgacha oshiradi. Bunda uning shu kabi dorilarni qanchalik uzoq ichgani muhim o‘rin tutadi, deyiladi yangi tadqiqotda. 

Saraton ehtimoli barcha turdagi gormonal kontratseptsiya, jumladan tabletka, teri ostiga yuborish yoxud IUD (spiral) usulida bu kabi nazorat qilish uslublaridan umuman foydalanmaganlarga qaraganda yuqori bo‘ladi. 

Kopenhagen universiteti tadqiqotchilari Daniyada 50 yoshdan kichik 1,8 mln ayolga doir ma'lumotlarni tahlil qilishgan. Ko‘krak bezi saratoniga chalinish ehtimoli ayollarning gormonal kontratseptsiyadan qanchalik uzoq foydalansa, shunchalik kuchaygani aniqlangan. Kontratseptsiyadan foydalanuvchilarning kasallikka chalinish xavfi o‘rtacha 20 foizni tashkil etgan. 

Tadqiqotchilarga ko‘ra, gormonal kontratseptsiyadan bir yil foydalanganlarning 9 foizida shu ehtimol bo‘lsa, 10 yildan ortiq qo‘llaganlar ehtimoli 38 foizga oshgan. 

5 yillar davomida qo‘llaganidan so‘ng, yana 5 yil qo‘llamagan ayollar orasidagi kasallikka chalinish ehtimoli birmuncha kamaygani ham e'tiborga molikdir, deyiladi New England Journal of Medicine nashrida e'lon qilingan maqolada. 

Mavzuga oid