Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kuchli shamol Bekoboddagi uylarga zarar yetkazdi
7 dekabr kuni soat 07:00 dan 18:00 gacha Bekobod shahrida shamolning 28 m/s gacha kuchayishi kuzatildi. Tabiiy ofat oqibatida ko‘pgina aholi yashash uylari va qator korxonalarda elektr va gaz ta'minotida uzilishlar, daraxtlar sinishi holatlari kuzatilib, shaharda yashovchi kishilar moddiy zarar ko‘rdi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi saytida berilgan xabarga ko‘ra, kuchli shamol oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha Toshkent viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari boshchiligida shahar hokimiyatida FVB, IIB, shahar kommunal xizmati va boshqa mutassadi tashkilotlar vakillaridan tashkil topgan tezkor shtab tashkil etilib, bevosita kuch va vositalar safarbar qilingan.
Tashkillashtirilgan avariya-tiklash ishlari natijasida yuzaga kelgan elektr, gaz va suv ta'minotidagi avariyalar soat 12:50dan 22:00ga qadar bartaraf etildi.
Jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, sog‘-salomat o‘z uylariga jo‘natildi.
Mavzuga oid
11:39 / 21.01.2026
O‘zbekistonda qor, kuchli shamol va sovuq ob-havo kutilmoqda
10:12 / 21.01.2026
Bugun ayrim hududlarda kuchli shamol kuzatilishi mumkin
10:12 / 03.01.2026
3 yanvar kuni ayrim hududlarda kuchli shamol kuzatilishi mumkin
10:34 / 16.12.2025