Jahon | 17:35 / 08.12.2017
21372
2 daqiqa o‘qiladi

Poroshenko Saakashvilining harakatlari haqida bayonot berdi

Foto: RIA "Novosti"

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning ma'lum qilishicha, Odessa oblasti sobiq gubernatori Mixail Saakashvilining tergov bilan hamkorlik qilishdan bosh tortishi unga qo‘yilgan ayblovlar asoslanganligidan darak beradi, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti».

«Ushbu holatda ma'lum bir huquqiy jarayon bor, uni istalgan fuqaro, jumladan Saakashvili ham bajarishi kerak. Agarda u bu jarayonni buzsa, agar u tergovdan qochib yursa, agarda u qayerdadir yashirinayotgan bo‘lsa, bu unga ishonchni yo‘qotadi, hamda men bundan xursand emasman. U tergov va jamiyatga bugungi kunda o‘ziga qarshi qo‘yilgan ayblovlar bo‘yicha javob qaytarishi lozim. Agarda u javob bermayotgan bo‘lsa – bu ushbu ayblovlar asoslanganligini faqat anglatadi», - deya aytib o‘tdi u.

Poroshenko ushbu bayonotni Litva prezidenti Dalya Gribauskayte bilan qo‘shma brifing doirasida berdi.

Shuningdek Poroshenkoning ma'lum qilishicha, adliya organlari Odessa oblasti sobiq gubernatori ustidan sudning shaffofligini ta'minlab berishi lozim. 

«Agarda biz Saakashvili bilan bog‘liq vaziyatga baho bersak, u xalqaro e'tiborga umuman loyiq emas, sababi aniq jinoyatlar bor, ular sodir etilgan, hamda biz tergov shaffofligi, tergov organlari ochiqligi va sud oshkoraligini ta'minlab berishimiz lozim», - deya ma'lum qildi u.

Mavzuga oid