10:01 / 08.12.2017
15682

Trampning reytingi yangi antirekord qayd qildi

Foto: Reuters

AQSh prezidenti Donald Trampning reytingi uning inauguratsiyasi vaqtidan beri minimal qiymat – 32 foizgacha tushib ketdi. Bundan Pew Research Center tadqiqot markazi tomonidan o‘tkazilgan jamoat fikrini o‘rganish so‘rovnomasi natijalari darak bermoqda.

Tadqiqot markazi saytida joylashtirilgan ma'lumotlarga ko‘ra, Trampning siyosatini ayni vaqtda 32 foiz amerikalik ma'qullaydi, 63 foizi esa ma'qullamaydi.

Gallup ijtimoiy xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, oktabrda Trampning faoliyatini 33 foiz amerikalik ma'qullagan va bu antirekord bo‘lgandi. Qayd qilish kerakki, avvalgi prezident Barak Obamaning reytingi 38 foizdan pastlamagan.

Pew Research Center so‘rovnomani 29 noyabrdan 4 dekabrgacha o‘tkazgan va unda 1,5 ming amerikalik ishtirok etgan.

Mavzuga oid
Top