10:46 / 09.12.2017
20520

«AQSh ikki jahon urushida g‘alaba qozondi va kommunizmni sindirdi» - Tramp

Foto: AP

AQSh ikkita jahon urushida g‘alaba qozongan, shuningdek, kommunizmni «tiz cho‘ktirgan - sindirgan» davlat sanaladi. Bu haqda Qo‘shma Shtatlar yetakchisi Donald Tramp Florida shtatidagi Pensakola shahrida chiqish qilib aytib o‘tdi

«Biz Panama kanalini qazigan, ikkita jahon urushida g‘alaba qozongan, insonni Oyga yuborgan va kommunizmni tiz cho‘ktirgan davlatdirmiz», - deya aytib o‘tdi Qo‘shma Shtatlar prezidenti.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp al-Qudsni Isroil poytaxti sifatida tan olish va Amerikaning Tel-Avivdagi elchixonasini u yerga ko‘chirib o‘tkazish haqidagi o‘z qaroriga izoh bergandi. Qo‘shma Shtatlar yetakchisining ta'kidlashicha, u avvalgi prezidentlardan farqli ravishda, Isroildagi diplomatik vakolatxonani ko‘chirish bo‘yicha bergan saylovoldi va'dasini bajardi.

Top