Sport | 19:14 / 09.12.2017
16801
1 daqiqa o‘qiladi

Pakyao qaytadi, jang qachon o‘tkazilishi mumkinligi ma'lum

Foto: Los Angeles Times

Top Rank promouterlik kompaniyasi rahbari Bob Arumning ma'lumotiga ko‘ra, boks bo‘yicha sakkiz vazn toifasidagi jahonning sobiq chempioni Menni Pakyao navbatdagi jangini Meksikada o‘tkazadi. Bellashuv kelasi yilning aprel oyiga rejalashtirilgan.

Filippinlikning ehtimoliy raqibi sifatida meksikalik Karlos Okampo (22-0, 13 KO) tilga olinmoqda. U hali biron marta ham mag‘lubiyatga uchramagan.

Pakyao uchun bu iyul oyida avstraliyalik Jyeff Xornga mag‘lub bo‘lganidan so‘ng o‘tkaziladigan ilk jangga aylanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pakyao Filippin armiyasi polkovnigi unvonini olgani haqida xabarlar tarqagandi. 

Mavzuga oid