20:25 / 09.12.2017
14867

Shimoliy koreyalik diplomatlar Trampni “bezori” deb atashdi

Foto: Reuters

Shimoliy Koreya AQSh prezidenti Donald Tramp tomondan Al-Qudsning Isroil poytaxti deb tan olinishiga munosabat bildirdi. Xususan, Shimoliy Koreya tashqi ishlar vazirligi “Falastin xalqining buyuk haq ishini” to‘liq qo‘llab-quvvatlashini aytgan. Shimoliy koreyalik diplomatlar Trampning qarorini “xalqaro hamjamiyatni mensimaslik va haqorat qilish” deb baholashgan.

“Bu qaror tufayli butun dunyo global osoyishtalikni buzuvchi va xalqaro hamjamiyatda bezori kim ekanligini bilib oldi”, deb aytilgan Shimoliy Koreya tashqi ishlar vazirligida.

Mavzuga oid
Top