23:50 / 09.12.2017
12458

Turkiya va Fransiya AQShning Al-Quds bo‘yicha fikrini o‘zgartirmoqchi

Foto: RIA Novosti / Yuriy Somov

Turkiya va Fransiya prezidentlari Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va Emmanuel Makron telefon orqali muloqot vaqtida AQShni Al-Qudsni Isroil poytaxti deb tan olish qarorini qayta ko‘rib chiqishga ko‘ndirish uchun birgalikda ishlashga kelishib oldilar.

AQSh prezidenti Donald Trampning Al-Qudsni Isroil poytaxti deb tan olish qarori Isroil tomondan ijobiy qabul qilingan. Biroq ko‘plab davlatlar bunga salbiy munosabat bildirishgan. 

Manba ma'lumotlariga ko‘ra, Erdo‘g‘an va Makron AQShning bu qarori jiddiy xavotir uyg‘otishi haqidagi fikrga kelishgan. Erdo‘g‘an Al-Quds masalasi bo‘yicha birgalikdagi sa'y-harakatlar va yaqin hamkorlik muhimligini ta'kidlab o‘tgan.

Mavzuga oid
Top