Özbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar böyiça davlat qömitasi 2017 yilda önta oltin qazib olinuvçi konlar hududlarini özlaştiriş istiqbollarini örganiş uçun törtta xorijiy kompaniyani jalb etdi, deb xabar berdi RIA Novosti qömita raisi Bobir Islomovga tayangan holda.
Bu haqda u Toşkentda bölib ötgan Uzgeoinvest-2017 xalqaro konferensiyasi davomida ta'kidladi. Uning sözlariga köra, u Kanadaning B2Gold, Britaniyaning NordGold, Turkiyaning TUMAD va Janubiy Koreyaning Shindong Resources’si bilan şunday şartnomalarni imzolagan.
Qömita rahbari taklif etilgan hududlardagi oltinning ehtimoliy zaxiralarini ma'lum qilmadi, biroq, ularning tadqiqotlari uçun jami investitsiyalar miqdori taxminan 8 mln dollarni taşkil qilişi mumkinligini aytib ötgan. Uning sözlariga köra, bu ikki yilga möljallangan şartnomalar bölib, undan söng investorlar öz tadqiqotlari asosida loyihaning keyingi bosqiçlari - konlarni özlaştiriş, qazib oluvçi va qayta işlaş quvvatlarini quriş haqida qaror qabul qilişi kerak.
«Investorlar dastlabki tadqiqotlarni litsenziyasiz ötkazişi mumkin, bu texnologiyalar va xorijiy kompaniyalarni jalb qiliş böyiça işlarni tezlaştiradi», - deya ta'kidlab ötgan Islomov.
Davlat qömitasining ma'lumotlariga köra, Özbekiston hukumati qimmatbaho metallar böyiça 31 ta istiqbolli hudud va 12 ta kondan iborat röyxatni tasdiqladi. Zaxiralar böyiça prognoz - 151 tonna oltin va 1,2 ming tonna kumuş.












