10:30 / 10.12.2017
33698

Yevropaning o‘rtacha maosh eng past bo‘lgan davlatlari ma'lum qilindi

Texty.org.ua tahliliy markazi Yevropa davlatlarida soliqlar to‘langandan keyin o‘rtacha oylik maosh qanchani tashkil qilishini o‘rganib chiqdi.

Aniqlanishicha, bu borada Ukraina Yevropa davlatlari orasida eng qolog‘i hisoblanadi. Bu yerda soliqlar to‘langandan keyin qoladigan o‘rtacha maosh 190 yevroni tashkil qiladi. Ushbu ko‘rsatkich Moldovada 216 yevroni, Ozarboyjonda 232 yevroni, Rossiyada 474 yevroni tashkil qilar ekan. Rossiyani bu borada Yevropaning 10 ta yetakchi davlati ortda qoldirgan. 

Rossiyadan keyingi o‘rinlarni Ukraina, Moldova va Ozarboyjondan tashqari. Armaniston, Gruziya, Belarus, Qozog‘iston, Albaniya, Makedoniya va Serbiya egallamoqda.   

Eng katta o‘rtacha maoshlar esa Shveytsariya (4421 yevro), Islandiya (3440 yevro) va Norvegiyada (3405 yevro) ekanligi aniqlangan.

 

Top