13:40 / 10.12.2017
30273

KXDRdagilar Trampni «telba»ga chiqarishdi

Foto: KCNA/Reuters

Shimoliy Koreya hukumati AQSh prezidenti Donald Trampni uning Al-Quds (Quddus) masalasidagi qarori uchun tanqid qildi va uni «telba» deb atadi. Bu haqda Koreya markaziy telegraf agentligi tomonidan e'lon qilingan bayonotga asoslanib, Yonhap agentligi xabar tarqatdi.

KXDR Tashqi ishlar vazirining ma'lum qilishicha, Trampning Quddusni Isroil poytaxti deb e'lon qilishi va Qo‘shma Shtatlar elchixonasini ko‘chirish haqidagi qarori «xalqaro hamjamiyatni ochiq tan olmaslik va haqoratlashdan bo‘lak narsa emas».

«BMT minbarida Shimoliy Koreya butkul vayron etilishi haqida vaysagan Tramp mantiqdan mosuvo telba hisoblanadi, shu sababli mazkur qarorda ajablanarli hech narsa yo‘q», degan u.

Mavzu
Quddus Isroil poytaxti deb tan olinishi

6 dekabr kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Quddusning Isroil poytaxti deb tan oldi. U AQSh Davlat departamentiga Tel-Avivdagi elchixonani Quddusga ko‘chirishga tayyorgarlik ko‘rishni boshlash vazifasini topshirdi.

Barchasi
Mavzuga oid
Top