2018 yilda soliqlarning miqdori kamayadi

Foto: Fotolia
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 9 dekabr kungi kengaytirilgan yig‘ilishida asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozlari va soliq hamda byudjyet siyosati konsepsiyasi va 2018 yilgi davlat byudjyeti loyihasi muhokama qilindi. Bu haqda O‘zA xabar bergan.
Keyingi yilga mo‘ljallangan soliq-byudjyet siyosatining asosiy yo‘nalishlari soliq yukini kamaytirish, soliqlar va majburiy to‘lovlar miqdorini qisqartirish, mahalliy byudjyetlar daromad bazasini mustahkamlash va ularning mustaqilligini oshirish, resurslardan ratsional foydalanish hamda byudjyetga tushumlar to‘liqligini ta'minlashni nazarda tutadi.
Xususan, rejaga ko‘ra: daromad solig‘i hamda ijtimoiy infratuzilmani obodonlashtirish va rivojlantirishga soliqni umumiy bazaviy stavkani 15,5% dan 14,5% gacha pasayishi bilan birga birlashtirish;
Pensiya jamg‘armasi, Respublika yo‘l jamg‘armasi, ta'lim va tibbiyot muassasalari moddiy-texnik bazasini rivojlantirish Jamg‘armasiga majburiy to‘lovlarni bir to‘lovga birlashtirish – davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy to‘lovlarga umumiy stavkani 3,5% dan 3,2% ga bir vaqtda pasaytirish bilan birga, bu xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar ixtiyorida qariyb 411 milliard so‘mni qoldirish imkonini beradi;
Jismoniy shaxslar daromadlariga soliq yukini fuqarolarning yakka tartibdagi jamg‘arma hisobvaraqlariga chegirma miqdorini 1% dan 2% ga qadar oshirish hisobidan kamaytirish, bu umuman olganda fuqarolar jamg‘armalarini 450 milliard so‘mdan ko‘proqqa oshirish imkonini beradi;
yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qat'iy belgilangan soliq stavkasini o‘rtacha 30 foizga pasaytirish, bu aholining tadbirkorlik faolligini oshirishga qaratilgan;
mintaqalar va faoliyat olib boriladigan joyning o‘ziga xos jihatlari hisobga olingan holda, mahalliy hokimiyat organlariga jismoniy shaxslar mol-mulkiga soliq, yer solig‘i va qat'iy belgilangan soliq bo‘yicha o‘rnatilgan bazaviy stavkalarga 0,7-1,3dan pasaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni kiritish.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Rus askari faqat o‘lim va halokat keltiradi» - Ukraina TIV Putinning so‘zlari haqida
Jahon | 01:59
-
Yevropa Ittifoqi Rossiya nefti narxining yuqori chegarasini pasaytirishdan bosh tortdi – OAV
Jahon | 01:30
-
«Tolibon» Rossiyaga minglab mehnat migrantini yuborishga kelishib oldi
Jahon | 00:59
-
AQSh Iordaniyaga F-22 qiruvchi samolyotlarini yubordi
Jahon | 00:40
Mavzuga oid

08:07 / 12.05.2025
Vazirlar Mahkamasi binosi madaniy meros obektlari ro‘yxatiga kiritiladi

17:43 / 21.11.2024
Bosh vazir o‘rinbosarlari va vazirlarning barchasi o‘z lavozimini saqlab qoldi (foto)

11:49 / 20.11.2024
Vazirlar Mahkamasi oldida turgan ustuvor vazifalar belgilandi

15:25 / 19.11.2024