14:18 / 11.12.2017
14977

«AQShga taqlid qilmang». Eron bayonot bilan chiqdi

Foto: RIA "Novosti"

Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif Yevropa mamlakatlarini “AQShning yo‘lidan yurmaslikka” va Eron yadro dasturi bo‘yicha kelishuvni muhokama etishda “yangi keraksiz inqiroz”ni avj oldirmaslikka chaqirdi.

"Hozirda bizning asosiy vazifamiz – Yevropa mamlakatlarini yadro dasturi bo‘yicha kelishuv doirasidan tashqarida bo‘lgan masalalarga doir ikkilanishlardan qochishga va Oq uyning yo‘lidan yurmaslikka chaqirish", - deya yozgan Zarif AQShning New York Times gazetasi uchun maqolasida. Uning ta'kidlashicha, “AQShning iqlimdan tortib Falastin masalasigacha bo‘lgan ishonchsizligi oldindan kutsa bo‘ladigan holatga kirib bo‘ldi”.

Zarifning ta'kidlashicha, "yadro dasturi bo‘yicha kelishuv – diplomatiyaning qarama-qarshilik ustidan noyob g‘alabasi, hamda uni yo‘q qilib tashlash xato bo‘lgan bo‘lardi". "Yevropa Vashingtonning asosiy e'tiborni navbatdagi keraksiz inqiroz qaratish bo‘yicha – bu Eron yadro dasturi bo‘ladimi yoki bizning Yaqin Sharqdagi ta'sirimizmi – shu boradagi qat'iyligi bilan qo‘shilishi kerak emas", - deya qayd etib o‘tdi u.

Eron va xalqaro vositachilarning "oltiligi" (Rossiya, AQSh, Buyuk Britaniya, Xitoy, Fransiya, Germaniya) 2015 yilning 14 iyul kuni Eron atomi bo‘yicha ko‘p yillik muammoga yechim topish to‘g‘risidagi tarixiy kelishuvga erishdi: Qo‘shma keng ko‘lamli harakatlar rejasi qabul qilindi, uning bajarilishi esa Erondan avval BMT Xavfsizlik Kengashi, AQSh hamda Yevroittifoq tomonidan joriy etilgan iqtisodiy va moliyaviy sanksiyalar olib tashlanishini anglatadi.

Shu yilning oktabr oyi o‘rtalarida esa AQSh prezidenti Donald Tramp amerikaliklarga murojaatida kongressga Eron yadro dasturi bo‘yicha kelishuvga rioya etayotganini rasman tan olishdan bosh tortdi, biroq xalqaro darajada bu borada jiddiy fikr bildirmadi. 

AQSh prezidentining xabar berishicha, Oq uy Eronga oid xalqaro kelishuvdagi “jiddiy kamchiliklar” yuzasidan kongress bilan ishlashda davom etadi. Shuningdek, Tramp agarda kongress va ittifoqchilar bilan muloqotda kelishuvni tuzatish imkonsiz bo‘lsa, u “bekor qilinishi” bilan tahdid qildi.

Mavzuga oid
Top