12:05 / 11.12.2017
18475

«Barselona» – «Bavariya», «Real» – «PSJ»: YeChL pley offda kim kimga raqib bo‘lishi mumkin?

Bugun, Toshkent vaqti bilan soat 16:00da, UYeFAning Nondagi shtab kvartirasida Yevropa Chempionlar ligasi 1/8 finali o‘yinlariga qur'a tashlanadi.

Ushbu qur'a natijalariga ko‘ra, qaysi jamoalar bir-birlariga raqib bo‘lishini mumkinligini oldindan chamalab ko‘rsa bo‘ladi. Guruhdagi vaziyatlar shunday yakun topdiki, nimchorak finalda “Beshiktosh” – “Bazel” juftligi ham, “Bavariya” – “Barselona” juftligi ham paydo bo‘lib qolish ehtimoli mavjud. 

Keling, avvalo, qur'ada amal qiladigan asosiy qoidalarga e'tibor qaratamiz:
- Guruhda birinchi o‘rinni olgan jamoalar faqat boshqa guruhlardagi ikkinchi o‘rin sohiblariga qarshi maydonga tushadi. 
- Bir Liga jamoalari 1/8 finalda o‘zaro raqib bo‘lmaydi.
- Bir guruhdan chiqqan jamoalar bu bosqichda o‘zaro raqib bo‘lmaydi. 

Endi ushbu tizim asosida har bir jamoaning potensial raqiblarini ko‘rib chiqamiz.
“MANCheSTeR YuNAYTeD” bu bosqichda “Real”, “Yuventus”, “Bavariya”, “Shaxtyor”, “Sevilya”, hamda “Portu” jamoalaridan biriga qarshi o‘ynaydi. 
“PSJ”ning raqiblari – “Real”, “Chelsi”, “Yuventus”, “Shaxter”, “Sevilya”, “Portu” yoki “Bazel” jamoalaridan biri bo‘ladi. 
“ROMA” – “Real”, “Bavariya”, “Shaxtyor”, “Sevilya”, “Portu” “Bazel”.
“BARSeLONA” – “Chelsi”, “Shaxtyor”, “Portu”, “Bavariya”, “Bazel”.
“LIVeRPUL” – “Real”, “Yuventus”, “Bavariya”, “Shaxtyor”, “Portu”, “Bazel”.
“MANCheSTeR SITI” – “Real”, “Yuventus”, “Bavariya”, “Sevilya”, “Portu”, “Bazel”.
“BeShIKTOSh” – “Real”, “Yuventus”, “Bavariya”, “Sevilya”, “Shaxtyor”, “Bazel.
“TOTTeNHEM” - “Yuventus”, “Bavariya”, “Sevilya”, “Shaxtyor”, “Portu”, “Bazel”.

O‘z guruhlari 2-o‘rinni olgan top jamoalar:
“ReAL” – “Manchester Yunayted”, “Manchester Siti”, “Liverpul”, “Roma”, “Beshiktosh”, “PSJ”.
“BAVARIYa” – “Manchester Yunayted”, “Manchester Siti”, “Liverpul”, “Tottenhem”, “Roma”, “Beshiktosh”.
Qizig‘i, Londonning “CheLSI” jamoasi o‘z guruhida 2-o‘rinni olgan yagona ingliz jamoasi bo‘ldi. Shu tufayli ularga 1/8 finalda raqib bo‘ladigan jamoalar soni faqat 3ta – “Barselona”, “PSJ” va “Beshiktosh”

Yuqoridagi holat bo‘yicha, ehtimollar nazariyasi hisob kitoblariga ko‘ra, bu bosqichda bir-biriga raqib bo‘lish ehtimoli eng katta bo‘lgan juftlik “BARSeLONA” va “CheLSI” jamoalari ekan. 

Yakunda bu amalga oshadimi yoki yo‘qmi, 16.00 da boshlanadigan qur'a marosimidan so‘ng bilib olamiz. 

Eslatib o‘tamiz, YeChL 1/8 finalida 13-14 va 20-21 fevral kunlari ilk uchrashuvlar, 6-7 va 13-14 mart kunlari esa, javob o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Guruhda 1-o‘rinni olgan jamoalar ilk o‘yinni safarda o‘tkazishadi. 

Chorak final uchun qur'a 2018 yil 16 mart kuni alohida o‘tkaziladi.

Mavzuga oid
Top