09:00 / 11.12.2017
9612

«Barselona» safarda g‘alaba qozondi

«Barselona» Ispaniya Primerasining 15-turida «Vilyarreal»ni mag‘lub etdi. Vilyarrealdagi «Keramika — El-Madrigal» stadionida kechgan uchrashuv mehmonlar jamoasining 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yinning ikkinchi bo‘limida, 60-daqiqada Daniel Raba qo‘pollik uchun maydondan chetlatildi va qolgan yarim soatda mehmonlar jamoasi son jihatdan ustunlikka ega bo‘lishdi. 72-daqiqada Luis Suares Pako Alkaser bilan kombinatsiya uyushtirdi va darvozabonni aldab o‘tib, bo‘sh darvozaga to‘pni yo‘naltirdi - 1:0.

11 daqiqada mezbonlar jamoasi jarima maydonida himoyachilar bir-birini tushunmadi va to‘pga ega chiqqan Serxio Buskets uni Lionel Messiga yetkazdi. Darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatda qolgan hujumchi osonlik bilan darvozani ishg‘ol qildi - 2:0.

Bu g‘alabadan keyin «Barselona» ochkolari sonini 39taga yetkazdi va turnir jadvalida yakkapeshqadamlikni davom ettirdi. «Vilyarreal» 21 ochkosi bilan — oltinchi o‘rinda.

Ispaniya chempionati
15-tur
Vilyarreal – Barselona 0:2
(0:0, 0:2)
Gollar: 0:1 – 72 Suares, 0:2 – 83 Messi.
Vilyarreal – Asenxo, Mario Gaspar, Alvaro Gonsales, Ruis, Kosta, Raba, Trigeros, Ruben Semedu (Kastilexo, 48), Rodri Ernandes, Soriano (Rukavina, 64), Bakambu.
Barselona – ter Stegen, Serdji Roberto, Pike, Vermalen, Alba, Rakitich, Buskets (Andre Gomesh, 86), Paulino (Aleish Vidal, 68), Denis Suares (Pako Alkaser, 58), Messi, Suares.
Ogohlantirishlar: Buskets (45), Bakambu (61), Alvaro Gonsales (86).
Chetlatish: Raba (60).

Top