Rossiyaning “RJD” kompaniyasi 2017 yilning 11 dekabridan boshlab uzoq masofalarga qatnovchi barcha yo‘lovchi poyezdlarini Ukraina hududidan o‘tmaydigan yangi temir yo‘liga o‘tkazmoqda. Bu haqda RIA “Novosti” xabar berdi.
Xabar qilinishicha, ikki yo‘lli elektrlashtirilgan liniyani Juravka-Millerovo qismida 2014 yilda qurish ishlari boshlangan. Bu Ukrainani chetlab o‘tadigan temir yo‘lidir.
“Ukrainani chetlab o‘tuvchi Juravka-Millerovo temir yo‘li qurilishining qiymati taxminan 56 milliard rublga baholangan. Bunga qadar mamlakat janubiga yo‘l olayotgan Rossiya poyezdlari Ukraina hududidagi kichik bir hududdan kesib o‘tishga majbur edi”, - deya ta'kidlaydi agentlik.
“RJD”ning Ukraina hududini chetlab o‘tuvchi birinchi yo‘lovchi poyezdlari 15 noyabr kuni yo‘lga qo‘yilgandi.

















