15:08 / 11.12.2017
12128

Charm-poyabzal tarmog‘i tashkilotlari qator soliqlardan ozod etilishi mumkin

Qonun hujjatlari ta'sirchanligini baholash tizimi portalida Vazirlar Mahkamasining Charm-poyabzal, teri-mo‘yna va jun yetishtirish tarmoqlarini rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirishni yanada rag‘batlantirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarori loyihasi e'lon qilindi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda

Unda eksport qilinadigan charm yarim tayyor buyumlari hajmlarini bosqichma-bosqich qisqartirish chora-tadbirlari ishlab chiqilishi to‘g‘risida so‘z boradi («vet-blyu»):

• 2018 yilda – uni ishlab chiqarish hajmining 50%igacha;
• 2019 yilda –25%igacha;
• 2020 yildan –  eksportni to‘liq to‘xtatish.

Bunday chora-tadbirlar hozirgi vaqtda charm xom ashyosining deyarli butun hajmi eksportga ketayotganligi, o‘z ishlab chiqarishi uchun esa tashkilotlar xom ashyoni oshirilgan narxlarda import qilishlariga to‘g‘ri kelayotganligi sababli qabul qilindi.

Rejalashtirilayotgan soliq hamda bojxona imtiyozlari va preferensiyalari

Tarmoq mutaxassislarini tayyorlash

2018/2019 o‘quv yilidan boshlab Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida quyidagi ta'lim yo‘nalishlari ochilishi ko‘zda tutilgan:

• «Dizayn: charm-poyabzal va teri-mo‘yna buyumlari»;
• «Texnologiya va jihozlar: charm va mo‘yna, qorako‘l»;
• «Texnologiya va jihozlar: poyabzal va charm-galantereya».

Hududlarda amaldagi kollejlarni qayta profillash va yangi yo‘nalishlarni ochish yo‘li bilan profillangan kasb-hunar kollejlarini tashkil etish kutilmoqda. 

«O‘zbekcharmpoyabzali» uyushmasi huzurida quyidagilar tashkil etiladi

1. Tashqi savdo kompaniyasi – «O‘zcharmimpeks» MChJ. Uning asosiy vazifalari:

• tarmoqlar tashkilotlariga mazkur loyiha doirasida marketing va konsalting xizmatlari ko‘rsatish;
• ko‘rgazmalar, reklama tadbirlari o‘tkazish hisobiga mahsulotlar va buyumlarni eksportga chiqarish;
• tashkilotlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kontraktlar asosida hamda xorijda ochiladigan savdo uylari orqali tarmoq mahsulotlarini eksport qilishga ko‘maklashish.

2. Charm-poyabzal, teri-mo‘yna tarmoqlarini, jun ishlab chiqarish va qayta ishlashni rivojlantirish jamg‘armasi. Maqsad – tarmoqning yangi korxonalarini tashkil etish, faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish, kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish.  

Quyidagilarni hisoblab chiqarishda soliq solish bazasi jamg‘armaga ajratmalar summasiga kamayadi:

• yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i,
• yagona soliq to‘lovi,
• davlat maqsadli jamg‘armalari hamda Moliya vazirligi huzuridagi byudjyetdan tashqari Ta'lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasiga majburiy ajratmalar.

Loyiha o‘zgartirilishi, to‘ldirilishi yoki rad etilishi mumkin.   

Top