18:55 / 11.12.2017
17358

Burj Xalifa minorasida yangi yil mushakbozligi bo‘lmaydi

Foto: AP

Dunyoning eng baland binosi, BAAning Dubay shahridagi Burj Xalifa minorasida an'anaviy Yangi yil mushakbozligi bu yil tashkil etilmaydi. Shahar hokimiyati uni lazer tomoshasiga almashtirishga qaror qilishdi. 

Ma'lumki, har yili yangi yil kechasida minglab kishilar ulkan mushakbozlikni tomosha qilish uchun ushbu minora yaqiniga to‘planishar edi. 

Biroq Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi Downtown Dubai sahifasida xabar qilinishicha, 1 yanvarga o‘tar kechasi an'anaviy mushaklar otilishi o‘rniga Light Up 2018 nomli lazer tomoshasi uyushtirilishi xabar qilingan.

Xabarda aytilishicha, tashkilotchilar "bunaqa tomosha shu vaqtgacha bo‘lmaganiga va'da qilishmoqda".

Shu bilan birga, mushakbozlik shaharning boshqa hududlari, jumladan Palm Jumeirah va boshqa hududlarida tashkil etiladi.

Top