12:57 / 11.12.2017
10811

Erdo‘g‘an Nazarboyevga qo‘ng‘iroq qildi

Foto: Time.kz

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev turkiyalik hamkasbi Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan telefon orqali muloqot o‘tkazdi, deb xabar bermoqda Oqo‘rda matbuot xizmati.

Ikki davlat yetakchisi o‘zaro suhbat davomida ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb jihatlari va mintaqaviy kun tartibini muhokama etishdi. Xususan, tomonlar Islom hamkorlik tashkilotining navbatdan tashqari sammitiga oid masalalar bo‘yicha fikr almashishdi, uni 13 dekabr kuni Istanbul shahrida Turkiya tashabbusi bilan o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

Bundan tashqari, davlat rahbarlari kutilayotgan uchrashuvlar jadvalini ko‘rib chiqishdi, shuningdek ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni yanada chuqurlashtirish masalalarini tilga olishdi.

Qayd etilishicha, suhbat Turkiya tomoni tashabbusi bilan o‘tkazilgan.

Top