11:32 / 11.12.2017
32577

Yosh ixtirochilar Toshkentni eng xavfsiz shaharga aylantirish uchun O‘zbekiston hukumatidan yordam kutishmoqda

Foto: DWED

5 dekabr kuni Toshkentda yosh mutaxassislar jahonda muqobili bo‘lmagan mutlaqo yangi innovatsion loyihani namoyish etishdi. Mazkur loyiha butun mamlakat miqyosida global ma'lumotlar tizimi uchun mo‘ljallangan.

Yosh tashabbuschi Farhod Kabulov O‘zbekiston iqtisodiyotiga katta foyda keltiruvchi, barchaning qimmatli vaqtini tejashga xizmat qiluvchi va eng muhimi, mutlaqo bepul ishlovchi ajoyib loyihani o‘ylab topdi. Bu ixtiro ham jahon tajribasidan o‘g‘irlangandir-da, deb xulosa qilishga shoshilmang. Muallifning fikriga ko‘ra, o‘zbekistonlik yoshlar tomonidan ishlab chiqilgan mazkur dasturning dunyoda hech bir muqobilini uchratmaysiz.

DWED – bu mamlakatdagi barcha infratuzilmalarni birlashtirishga mo‘ljallangan maxsus dasturiy-apparat majmuasidir. DWED orqali barcha soha – hukumat, biznes va aholi bir-biri bilan chambarchas bog‘lanadi.

Nima uchun DWED deb nomlandi?

Mazkur atamaning to‘liq mazmuni “Xavotir olmang – barchasini bajaramiz!”ni anglatadi. Ya'ni endilikda DWED biz uchun dunyodagi eng xavfsiz va avtomatlashtirilgan shaharda yashash imkonini yaratib beradi.

Maqsad nima?

  • Qimmatbaho vaqtni va millionlab naqdni tejash;
  • Yoqimsiz navbatlarning oldini olish;
  • Korrupsiya va qog‘ozbozlikka chek qo‘yish;
  • Aholi uchun to‘lovning eng qulay va ishonchli tizimini joriy qilish;
  • To‘liq xavfsizlikni ta'minlash.

«Biz ilk bor O‘zbekistonda butun dunyo uchun ideal tizim taklif etmoqdamiz. Loyiha ustida 200dan ortiq turli soha vakillari ishladi.  DWED bilan biz navbatlarda soatlab vaqt sarflashni unutamiz va kundalik hayotda qanday qilib naqd yoki plastik kartasiz yashash mumkinligini o‘rganamiz. Birgina mobil dastur orqali siz to‘lov tizimlaridan tortib shahar kuzatuv kameralarigacha barcha kommunikatsiya vositalaridan erkin foydalana olishingiz mumkin bo‘ladi. Mamlakatdagi barcha tizimlar, strukturalar va kompaniyalar har bir fuqaroga qulaylik yaratgan holda birgina katta tarmoqda birlashadi».

Foto: DWED
Farxod Kabulov, loyiha asoschisi

DWED — bu to‘lov tizimi emas. Bu tashkilotlar, davlat idoralari, korxonalar va savdo markazlari bilan bog‘langan holda xizmatlar uchun masofaviy to‘lov maydonidir.

Loyiha muallifining so‘zlariga ko‘ra, dastur dastlab Toshkentda ishga tushiriladi va tez orada u dunyodagi eng avtomatlashtirilgan shaharga aylanadi.

«Biz ma'lumotlar ochiq va shaffof bo‘lishiga intilmoqdamiz. Ochiq statistika orqali poraxo‘rliklar, ishdagi tartibsizliklar bartaraf etiladi. Kommunal to‘lovlar, alimentlar, kreditlar to‘lovidan bo‘yin tovlaydiganlar osongina aniqlanadi», - deydi Farhod Kabulov.

Tadbirda DWED tizimini bir necha yangi startapchilar ham qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini bildirishdi.

Foto: DWED
Alisher Alimov, New Flame ko‘cha liboslari (Streetwear) brendi
Foto: DWED
Ravshan Nishonov va Kamilla, Www.mediamix.uz - onlayn televideniye

Axborot texnologiyalari sohasidagi mahsulotlarga hozirda jahon bozorida talab juda katta. Ko‘plab mamlakatlar bundan katta foyda ko‘rmoqda. Masalan, Belarusning AT texnologiyalari eksporti - 91,9 foiz, importi esa bor-yo‘g‘i 8,1 foizni tashkil etgan bo‘lsa, O‘zbekiston mazkur sohada 1,9 foiz eksportni va 98,1 foiz importni amalga oshiradi.

Yaqin kelajakdagi reja

Loyiha asoschilaridan biri Artyom Gauyertning ta'kidlashicha, DWED nafaqat mahalliy, balki jahon bozorida ham yetakchi o‘rinlarni egallay oladi va eng talabgir dasturga aylanadi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, bu tizimni hayotga tatbiq qilish orqali 2021 yilga kelib, mamlakat YaIMdagi AKT ulushi 18,3 foizga ortib, 27 mlrd. dollarni tashkil etadi. Shuningdek, 10 000dan ortiq qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish mumkin.

Qachon joriy etiladi?

Tizimni uch bosqichda ishga tushirish rejalashtirilgan.

Birinchi bosqich: joriy yilning dekabr oyida iqtidorlilar sayti  ishga tushiriladi;

Ikkinchi bosqich: «Navro‘z» bayrami arafasida milliy to‘lov tizimlaridan foydalanishga imkon beruvchi resurs ishga tushadi.

Yakuniy bosqichda esa tizim to‘laqonli 2018 yilning yoz oyida ishga tushiriladi.  

Yangi loyiha katta eksport salohiyatiga ega. Jahon bozorida muvaffaqiyatga erishish uchun avvalambor, loyiha o‘z yurtimizda muhim ahamiyat kasb etishi lozim. Buning uchun esa albatta, hukumatning qo‘llab-quvvatlashi hamda yoshlarga imkon berilishi juda zarur.

Foto: DWED

«Biz Ibn Sino, Al-Xorazmiy va Mirzo Ulug‘bek kabi buyuk allomalar avlodimiz, lekin nima uchun o‘zimizda g‘oyalar bo‘la turib, xorijiy tayyor loyihalarni ko‘chirib, sotib olishda, shaxsiy mablag‘imiz va davlat byudjyetini sarflashda davom etamiz?  

Mazkur dastur nafaqat foydali dasturni chet elga ham eksport qilish, balki mamlakat byudjyetiga xorij valyutasi kirib kelishini oshirishga hissa qo‘shadi», deydi loyiha muallifi Farhod Kabulov.

O‘zbekiston har yili Rossiyaga temir yo‘l elektron chipta tizimi uchun 200000 AQSh dollari to‘laydi. DWED nafaqat o‘zimiz ishlab chiqqan mukammal tizim, balki mutlaqo bepul va tejamkor yordamchidir. Ixtirochilar tomonidan yaratilgan Alomat, Karomat va boshqa ixcham qurilmalar O‘zbekistonning zamonaviy texnika bilan ta'minlanishini kafolatlaydi, shuningdek, o‘z pulimizni chet elga chiqarmaslikka imkon beradi.

Dastur amaliyotga tatbiq etilib, ommalashganidan so‘ng, biz o‘z milliy mahsulotimizni Rossiya va boshqa davlatlarga eksport qilishimiz mumkin.

Xulosa o‘rnida

Umid qilamizki, yoshlarning qalbidan qaynab chiqayotgan va katta marralarni ko‘zlayotgan ushbu loyihaning kelajagi porloq bo‘ladi. DWED jamoasi yangi tashabbusni kundalik hayotimizga joriy etishda davlatimiz rahbari va xalqimiz tomonidan bir bora imkon berilishini so‘rab qoladi.

O‘zbekistonning 2021 yildagi ko‘rinishi

Eng qizig‘i DWED loyihasi O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan!

Kelajak DWED bilan 👇🏼

YouTube: DWED

MediaMix (Tas-Ix): www.mediamix.uz

Sayt:  dwed.biz

Reklama huquqi asosida

Top