11:55 / 11.12.2017
14639

«Qor jangi». «Kyoln» 3:0 hisobidagi g‘alabani mag‘lubiyatga aylantirdi (foto)

Foto: Bundesliga

Germaniya chempionatining 15-turida «Kyoln» «Frayburg»ni qabul qildi. «Rayn-Energi» stadionidagi uchrashuv noqulay ob-havo sharoiti tufayli 15 daqiqa to‘xtatildi.

«Kyoln» o‘yin davomida 3:0 hisobida oldinda borgan bo‘lsa-da, yakunda hisob 3:4 ko‘rinishiga keldi. Gollarning ikkitasi o‘yin oxirida o‘tkazildi. Mezbonlar safida Lukas Klyunter va Seru Girassi bittadan gol urdi, yana bir gol Kaleb Stanko nomiga avtogol sifatida yozildi. «Frayburga» safida Nils Petersen xet-trik qayd etdi, yana bir golni Yanik Xaberer o‘z hisobiga yozib qo‘ydi.

Shu tariqa, «Kyoln» Bundesligada g‘alabasiz seriyasini 15 o‘yinga yetkazdi. Jamoa turnir jadvalida 18-pog‘onada qolmoqda. «Frayburg» 15 ochkosi bilan 16-o‘rinda joylashgan.

Germaniya chempionati
15-tur
Kyoln – Frayburg 3:4
(3:1, 0:3)
Gollar: 1:0 – 8 Klyunter, 2:0 – 16, penalti Girassi, 3:0 – 29, avtogol Stanko, 3:1 – 39 Petersen, 3:2 – 65 Xaberer, 3:3 – 90, penalti Petersen, 3:4 – 90, penalti Petersen.
Kyoln – Xorn, Sorensen, Xorn, Xaynts, Olkovski, O‘zjan , Lemann, Raush (Risa, 72), Klyunter (Klemens, 80), Yoyich (Bissek, 70), Girassi.
Frayburg – Shvolov, Kox, Shuster (Klyayndinst, 18), Linxart (Stanko, 17), Shtentsel, Xaberer, Xefler, Gyunter, Rave, Petersen, Terratsino (Kat, 63).
Ogohlantirishlar: Klyunter (20), O‘zjan (25), Xaberer (52), Xefler (84), Klyayndinst (90), Girassi (90).

Mavzuga oid
Top