10:11 / 11.12.2017
6513

Nazarboyev Ostonaning birinchi quruvchilari bilan uchrashdi

Foto: Akorda.kz

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev mamlakat poytaxti Ostonaga ko‘chirilganligining 20 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan tantanali tadbirlarda ishtirok etdi, deb xabar bermoqda Oqo‘rda matbuot xizmati.

Davlat rahbari poytaxtning birinchi quruvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi hamda EXPO Kongress-markazi binosidagi “Prezident va Ostona” fotoko‘rgazmasiga tashrif buyurdi, u poytaxt Ostonaga ko‘chirilganligining 20 yilligiga bag‘ishlandi.

Qozog‘iston prezidenti fotoko‘rgazmani tomosha qilib bo‘lganidan so‘ng ushbu yubileyga atab maxsus tashkil etilgan tantanali konsertda qatnashdi, tadbirda mahalliy va xorijiy estrada yulduzlari ham ishtirok etishgan.

Top