10:08 / 11.12.2017
11960

Rossiya TIV rasmiysi: G‘arb mamlakatlari IShID tor-mor etilishini o‘zlashtirmoqda

Foto: FinanceTwitter

Rossiyaning g‘arbdagi hamkor mamlakatlari, Moskvaning Suriyadagi harbiy muvaffaqiyatlarini o‘g‘irlashga uringandan ko‘ra, o‘zlarining Iroq, Liviya va Afg‘onistonda nimalarga "erishganlari"ni yodda tutishlari kerak. Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova shunday fikrni bildirmoqda. U Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Iv Le Drianning Rossiya IShID ustidan g‘alabani "o‘zlashtirib olgani" haqidagi bayonotini shunday izohladi. 

Zaxarova Facebook ijtimoiy tarmog‘ida Maxial Bulgakov romanidan iqtibos keltirgan va unga mos keluvchi so‘zlar bilan javob bergan. 

"Janoblar, bas qiling! Sizlarning yutuqlaringiz — bu Iroq, Liviya va Afg‘oniston. Shular bilan faxrlanavering", — deb yozgan TIV vakili. 

Avvalroq Rossiya mudofaa vazirligi ham AQSh yetakchiligidagi xalqaro koalitsiyani tanqid qilgan edi. "Koalitsiya o‘zi mavjud bo‘lgan 3 yil mobaynida IShIDga qarshi kurashda ilk marotaba “natija” ko‘rsatdi. U keng qamrovli bombardimonlar bilan Raqqada tinch aholi vakillarini o‘ldirdi", — deyiladi mudofaa vazirligi bayonotida. 

Mavzuga oid
Top