20:31 / 11.12.2017
11297

Toyota Avalon modelining ilk tasviri namoyish qilindi 

Foto: motor.ru

Toyota avtomobilsozlik kompaniyasi keyingi avlod Avalon sedanining tizerini namoyish qildi. Modelning ilk ommaviy namoyishi 2018 yil yanvarda Detroytdagi avtosalonda bo‘lib o‘tadi.

Mashina yangi Toyota New Global Architecture platformasida quriladi. Bu platforma avval oxirgi avlod Toyota Camry modelini qurishda qo‘llangan. Sedanning dizayni, jumladan old qismi markaning oxirgi modellari uslubida bajariladi.

Old privodli Toyota Avalon AQSh bozorida 272 ot kuchiga ega 3,5 litrli, 6 silindrli dvigatel bilan chiqariladi. Mashinada 6 pog‘onali avtomat uzatmalar qutisi o‘rnatiladi.

Modelning jihozlari qatoriga yorug‘lik-diodli faralar, isitish va shamollatishga ega old o‘rindiqlar, smartfonlar uchun simsiz quvvatlagich, navigatsiya tizimi va trafikni real vaqtda ko‘rsatish imkoniga ega multimedia tizimi kiradi.

Mavzuga oid
Top