14:50 / 11.12.2017
24692

O‘zbekistonda dollar kursi 3,33 so‘mga arzonlashdi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2017 yil 12 dekabrdan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, dollar kursi bir hafta ilgari, 5 dekabr kuni o‘rnatilgan kursga nisbatan 3,33 so‘mga arzonlashdi va bir dollar 8093 so‘mni tashkil etdi.

Bir yevro kursi 76,78 so‘mga arzonlab, 9531,94 so‘mga teng bo‘lib turibdi.

1 Rossiya rubli kursi esa 0,71 so‘mga pasayib, 136,86 so‘mga tushgan.

Top