Aralash yo‘nalish bo‘yicha (MMA) jangchi Aleksandr Yemelyanenko Checheniston rahbari Ramzon Qodirov bilan o‘tkazilgan yana bir bellashuvda mag‘lubiyatga uchradi, ular qo‘shimcha og‘irliklarni asta-sekin oshirib borish yo‘li bilan mashq qilish orqali o‘zaro bahslashishdi. Video sportchining va respublika rahbarining instagramdagi sahifasida e'lon qilindi.
Ishtirokchilarning har biri qo‘shimcha og‘irlikni bosqichma-bosqich oshirib bordi. Musobaqalar yakuni bo‘yicha Yemelyanenko yelkasida uch nafar sportchi bo‘lgani holda mashqni bajargan bo‘lsa, Qodirov to‘rt kishi bilan bu ishni uddalay oldi.
Shundan so‘ng MMA jangchisi videomurojaat bilan chiqib, unda o‘z mag‘lubiyatini tan oldi.