Bozorni qanday baholash, investorlarni topish va mushkul vaziyatlarga tayyorgarlik ko‘rish kerak? Bu savollarga javob istalgan startap asoschisiga qo‘l kelishi aniq.

Startaplarni qanday qilib to‘g‘ri ishga tushirish va rivojlantirib borish haqida juda ko‘p kitoblar yozilgan. Bu kitoblarda “qanday to‘g‘ri qilish kerak” mavzusidagi murakkab bo‘lmagan, mushkul yoki juda ham “noyob” variantlar keltiriladi. Shu bilan birga, avvaldan g‘alabaga eltuvchi va juda aniq yo‘riqnomalar hech qayerda yo‘qdir. Istalgan muvaffaqiyatli loyiha yoki kompaniya boshqalardan farqli bo‘lgan “o‘zining hayoti” bilan yashaydi. Omadsizlik tarixi esa bir-biriga juda o‘xshash.

Quyida keltiriladigan maslahatlarning aksariyati tanish bo‘lib ko‘rinishi mumkin, biroq agarda bu matn hech bo‘lmasa 2-3 insonga oddiy xatolarni qilmaslikka yordam bersa, demak vaqtimiz va sizning vaqtingizni bekorga sarflamagan bo‘lamiz.

Qiyinchiliklarga tayyorgarlik ko‘ring

Ilk startapi haqida o‘ylayotganlarga shuni aytmoqchimizki, siz bu qaror bilan o‘zingizni, ko‘p holatlarda esa yaqinlaringizni ham, bir necha yillik ham moddiy, ham ruhiy qiyinchiliklarga duchor qilasiz: tartibsiz ish kuni, kichik maosh, doimiy stress va noaniqlik hissi. Albatta, omon qolganlarni finalda ajoyib g‘alaba kutmoqda. Balki, aynan shuning uchun ham bu o‘yinni o‘ynab ko‘rgan ma'quldir. Biroq, bu sohaga kirgan odam shuni tushunishi kerak-ki, o‘zgalar tomonidan aniq belgilab berilgan qoidalarga ko‘r-ko‘rona rioya etish muvaffaqiyatni kafolatlamaydi. Bajarmaslik esa, katta ehtimol bilan, muvaffaqiyatsizlik va afsuslarga olib keladi.

Foto: Fotolia

Muammoni aniqlashtirib oling

Kodning birinchi qatorini yozishdan yoki ilk prototipni yaratishdan avval bir narsani aniqlashtirib oling – siz bo‘lajak foydalanuvchi yoki mijozning hayotini aynan nima bilan yengillashtirmoqchisiz. “Sizning mahsulotingiz nima beradi”, degan savolga javobni bir gap bilan bildira oling. Agarda bunday javob qisqacha ko‘rinishga kelmayotgan, ko‘plab hozirgi nusxalar tilga olingan holda ta'rif berishga majbur bo‘layotgan bo‘lsangiz, o‘tiring va o‘ylab ko‘ring – balki, e'tiborni ancha qisqartirish kerakdir.

Bozorni baholang

Siz mahsulotni aynan kimlarga mo‘ljallaganingiz, bu auditoriya naqadar katta ekani va uni qayerdan topish mumkinligini tushunish muhim. Tahlillarni o‘qib ko‘ring, statistika va sohangiz bo‘yicha marketing tadqiqotlarini o‘rganing. Shuni e'tiborga olingki, bozorning 100 foiziga da'vogarlik qilish jiddiy narsa emas. Hattoki 20 foizi ham juda ko‘pdir. Aytaylik, 5 yildan so‘ng 2 foiz bilan boshlang. Katta ehtimol bilan, shuncha foizni qo‘lga kirita olmaysiz, biroq bunday prognoz sizning taxminingizga hech bo‘lmasa real ko‘rinish beradi.