08:15 / 12.12.2017
26575

Qirg‘iziston Asqar Akayev bilan bog‘liq janjalga izoh berdi

Foto: Kg.akipress.org

Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi mamlakat sobiq prezidenti Asqar Akayevning oilasi bilan Berlinda yuz bergan mojaro bo‘yicha ma'lumot tarqatdi.

Xabarda aytilishicha, B.Kobegenov boshchiligidagi KyrgyzClub-Germany jamoat birlashmasi 9 dekabr kuni A.Akayevning Berlin shahrida yashovchi Qirg‘iziston fuqarolari bilan uchrashuvini tashkillashtirishni rejalashtirgandi.

«B.Kobegenov uchrashuv tashkillashtirishga uch marta urindi, biroq Berlin shahridagi Rossiya ilm-fan va madaniyat uyi, shuningdek, B.Kobegenov murojaat qilgan ikkita mehmonxona unga xona ajratishdan bosh tortish haqida qaror qabul qildi. Yakunda rejalashtirilgan uchrashuv tashkil etilmadi, biroq A.Akayevning juda oz miqdordagi vatandoshlar bilan qisqa uchrashuvi yuz berdi, uning davomida ba'zilar u haqda tanqidiy fikrlarni bildira boshladi.

Uchrashuvda ishtirok etayotganlardan biri A.Akayevga tuxumlar ota boshladi, bu esa Bermet Akayeva bilan ziddiyatga olib keldi. Ushbu hodisadan so‘ng, politsiya xodimlari yig‘ilgan odamlardan tarqalishni va bu joyni bo‘shatib qo‘yishni talab qilishdi. Politsiya talabiga ko‘ra, shundan so‘ng barcha odamlar tarqalib ketishgan. Politsiya xodimlari B.Akayeva va tuxum otgan fuqaro bilan kerakli suhbatni o‘tkazgan», - deyiladi xabarda.

Mavzuga oid
Top