08:40 / 12.12.2017
9023

Qozog‘iston bosh prokurori o‘zgardi

Foto: Ca-news

Qayrat Kojamjarov Qozog‘iston bosh prokurori etib tayinlandi, bu haqda Oqo‘rda matbuot xizmati Twitter’da xabar bermoqda.

Qayrat Kojamjarov 1965 yilning 24 mart kuni tavallud topgan. 1987 yilda A.A.Jdanov boshchiligidagi davlat universitetining yuridik fakultetini tamomlagan, mutaxassisligi bo‘yicha yurist.

Mehnat faoliyatini 1987 yilda Jambul viloyati prokuraturasidan boshlagan bo‘lib, ushbu viloyatda 1997 yilga qadar turli yuqori lavozimlarda ishlagan. 2013 yildan Qozog‘iston Respublikasi prezidentining yordamchisi – Qozog‘iston Respublikasi Xavfsizlik kengashi kotibi, 2014 yildan esa Qozog‘iston Respublikasining davlat xizmati va korrupsiyaga qarshi kurash agentligi raisi lavozimini egallagan.

Mavzuga oid
Top