09:30 / 12.12.2017
29920

Shayxontohur tumaniga yangi hokim tayinlandi

Olmazor tumanining sobiq hokimi Bahodir G‘oyibnazarov Shayxontohur tumaniga yangi hokim etib tayinlandi. Bu ma'lumotni Kun.uz manbasi tasdiqladi.

Tumanning avvalgi hokimi Odilxon Rustamov noyabr oyida Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari bo‘lgach, lavozim bo‘sh qolayotgandi. 

Bu lavozimni vaqtinchalik Shuhrat Sodiqov egallab turgandi. Endi u hokimning birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyatini davom ettiradi.

Bahodir G‘oyibnazarov 1997 yilda Toshkent davlat agrar universitetini, 2005 yilda esa O‘zbekiston Milliy universitetini tamomlagan.

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Bahodir G‘oyibnazarov O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan shu yilning aprelida Olmazor tumani hokimligidan ozod etilgan edi.

Top