22:00 / 12.12.2017
12511

Tayvanda bekorchilar “chempionati” bo‘lib o‘tdi 

Foto: © Fotolia / theartofphoto

Taybeyda bekorchilik bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi. Unda hongkonglik talaba g‘olib bo‘ldi, deb yozmoqda South China Morning Post nashri.

Antiqa tanlov shaharning markaziy bog‘ida bo‘lib o‘tgan. Ishtirokchilar hech narsa qilmagan holda bir joyda 90 daqiqa o‘tirishlari kerak bo‘lgan. Tashkilotchilar vaqti-vaqti bilan ishtirokchilarning pulslarini tekshirib turganlar va ulardan biror-biri uxlab qolmagani ortidan kuzatganlar.

Bunday musobaqa ilk bor 2014 yilda Janubiy Koreyada o‘tkazilgan. Undan maqsad odamlarni do‘konlarga bormasdan yoki gadjyetlardan foydalanmasdan ko‘proq dam olishga undash bo‘lgan.  

Taybeydagi musobaqada hongkonglik talaba Chan Kay Xo g‘olib bo‘ldi. Unga mukofot tariqasida keyingi shunday musobaqani o‘tkazish rejalashtirilayotgan  Hongkonggacha yoki Yaponiyagacha bepul samolyot chiptasi taqdim etildi.

“Rostini aytganda, bu ancha toliqtiruvchi mashg‘ulot ekan”, deb o‘z yutug‘iga izoh bergan talabaning o‘zi.

Mavzuga oid
Top