10:02 / 12.12.2017
6648

Terrorchilik uchun sudlanganlar o‘lim jazosiga loyiq – Tramp 

Foto: AFP Nicholas Kamm

Terrorchilik uchun sudlanganlar eng qat'iy jazo, jumladan, o‘lim jazosiga loyiqlar, deb hisoblamoqda AQSh prezidenti Donald Tramp. 

“Teraktlarni sodir etgan shaxslar qonunda ko‘zda tutilgan eng qat'iy jazoga, jumladan, tegishli holatlarda o‘lim jazosiga loyiqlar. Amerika hamisha terrorchilik va ekstremizmga qarshi qat'iyatlilik bilan kurashishi kerak”, deb aytilgan Trampning Nyu-Yorkda 11 dekabrda sodir etilgan teraktdan keyingi bergan bayonotida.  

11 dekabrda Nyu-Yorkdagi yer osti piyodalar o‘tish joyida portlash sodir etildi. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, teraktni sodir etishda Aqoyid Yulla gumon qilinmoqda. U tanasiga mahkamlangan qo‘lbola portlovchi qurilmani harakatga keltirgan. Buning oqibatida gumonlanuvchining o‘zi kuyish, yaqin oradagi yana 3 kishi yengil jarohatlar olgan. Ma'lum qilinishicha, Yulla AQShga 2011 yil fevralda migratsiya vizasi bilan kelgan.

Top