«Soddalashtirilgan bojxona yo‘lagi» taomili ishtirokchilarining reyestrini shakllantirish va yuritish tartibiga Qonun hujjatlari ta'sirchanligini baholash tizimi portalidagi navbatdagi loyihada ta'rif berilgan, deb yozmoqda Norma.uz.
Hujjat ikki mamlakat bojxona xizmatlari o‘rtasidagi «O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida tovarlar va transport vositalarining olib o‘tilishida bojxona operatsiyalarini amalga oshirishning soddalashtirilgan tartibini tashkil etish to‘g‘risida (Soddalashtirilgan bojxona yo‘lagi)»gi bitimni (30.12.2016 yilda Moskva shahrida imzolangan) ijro etish yuzasidan ishlab chiqilgan.
Rossiyada bojxona operatsiyalarini o‘tkazishning soddalashtirilgan tartibini 2018 yildan boshlab ushbu mamlakatga TIF TN bo‘yicha 07, 08, 1202, 20 va 21 guruh tovarlarini eksport qiladigan O‘zbekiston rezidentlari - yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun joriy etish ko‘zda tutilmoqda.
Ma'lumot uchun. 2012 yildagi TIF TN versiyasi bo‘yicha:
• 07-guruh – sabzavotlar va ba'zi ozuqabop ildizmevalar va ildizmevali o‘simliklar (kartoshka, karam, piyoz, sabzi va boshqalar);
• 08-guruh – ozuqabop meva va yong‘oqlar; sitrus mevalar po‘stlog‘i yoki qovun po‘stlog‘i;
• 20-guruh – sabzavotlar, mevalar va yong‘oqlar yoki o‘simliklarning boshqa qismlarini qayta ishlash mahsulotlari (jyemlar, marmeladlar, sharbatlar va boshqalar);
• 21-guruh – turli oziq-ovqat mahsulotlari (kofe, choy, xamirturush, gorchitsa va boshqalar);
• 1202-kod – yeryong‘oq, qovurilmagan yoki qandaydir boshqa usul bilan tayyorlanmagan po‘chog‘i olingan yoki po‘chog‘i olinmagan, maydalangan yoki maydalanmagan.
«Soddalashtirilgan bojxona yo‘lagi» ishtirokchilari quyidagi afzalliklarga ega bo‘lishadi:
1. Agar bojxona qonunchiligini buzish xatari aniqlanmagan bo‘lsa, ular tomonidan davlat chegarasidan olib o‘tiladigan tovarlar va transport vositalariga nisbatan bojxona ko‘rigi amalga oshirilmaydi. Bojxona ko‘rigi zarur bo‘lgan taqdirda u imkon qadar qisqa muddatlarda amalga oshiriladi.

















