Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 mlrd dollar. Tojikiston Turkiya bilan yaqinlashish harakatida
Tojikiston va Turkiya bosh vazirlari Qohir Rasulzod hamda Binali Yildirim Istanbulda ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar aylanmasini 1 milliard dollarga yetkazishga kelishib oldilar. Bu haqda Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xabar qilinishicha, tomonlar uchrashuv davomida mamlakatlar o‘rtasidagi tovar aylanmasini 1 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha qat'iy fikrda ekanliklarini tasdiqlashgan.
Ular tekstil sanoati, gidroenergetika, foydali qazilmalarni o‘zlashtirish va qo‘shma sanoat korxonalarini yaratish sohalarida o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish katta salohiyatga egaligini alohida qayd etib o‘tishgan.
Mavzuga oid
20:08 / 08.10.2025
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Tojikistonga boradi
21:26 / 25.08.2025
Tojikistonda folbin va sehrgarlar xizmatidan foydalanganlik uchun jazo joriy etildi
07:46 / 23.08.2025
Rossiyaga isiriq olib borgan tojikistonlik ayol 8 yilga qamaldi
09:48 / 17.06.2025