00:00 / 13.12.2017
10207

AQSh Afg‘onistonda qo‘shimcha qo‘shin joylashtirmoqchi 

Foto: Flickr / U.S. Army / Staff Sgt. Jason Epperson

AQSh 2018 yil boshida Afg‘onistonda qo‘shimcha harbiylar brigadasini joylashtirmoqchi. Bu harbiylar mahalliy kuchlarga “Tolibon” bilan kurashishda yordam beradi, deb aytdi AQSh harbiy-havo kuchlarining brigada generali Lans Banch.

“2018 yilda yangi brigada Afg‘oniston xavfsizlik kuchlariga yordam sifatida joylashtiriladi va yangi jang mavsumiga kirishayotgan afg‘on kuchlariga maslahat berishimizdagi imkoniyatlarimizni yanada kuchaytiradi”, deb aytgan Bans brifingda va qo‘shinlarni yuborishni keyingi yil 1-choragida amalga oshirish rejalashtirilayotgani qo‘shimcha qilgan. 

Uning ta'kidlashicha, qo‘shimcha kuchlarning joylashtirilishi haqidagi qaror AQSh ma'muriyatining Afg‘oniston bo‘yicha yangi strategiyasi doirasida qabul qilingan.

Avvalroq AQShning Afg‘onistondagi harbiy maslahatchilari soni oshirilishi, ular mahalliy harbiylarga yordam berishlari ma'lum qilingandi.

Top