AQSh neft qazib olish bo‘yicha Saudiya Arabistonidan o‘tib ketmoqchi
AQSh 2018 yil kuzigacha neft qazib olish hajmi bo‘yicha Saudiya Arabistonidan o‘tib ketmoqchi. Saudiya Arabistoni hozirgi hajmlarni saqlab qolsa, unda bu holat ertaroq ham – may oyida yuz berishi mumkin. Bundan AQSh energetika vazirligi axborot boshqarmasi prognozi darak bermoqda.
Boshqarma prognoziga ko‘ra, 2018 yil sentabrda AQShda neft qazib olish hajmi kuniga 10,08 mln barrelni tashkil qiladi va yil oxirigacha 10,34 mln barrelgacha o‘sib boradi. Bu orada OPeK+ kelishuviga ko‘ra, Saudiya Arabistonining 2018 yil davomidagi kvotasi 10,058 mln barrel miqdorida belgilangan. Shu tariqa, OPeK+ kelishuvi qayta ko‘rib chiqilmasa, AQSh keyingi yil sentabrigacha Saudiya Arabistonidan o‘zib ketmoqchi.
OPeKning dekabrdagi hisobotiga ko‘ra, joriy yil noyabrida Saudiya Arabistonining neft olish hajmi kuniga 9,996 mln barrelni tashkil qilgan. Agar qirollik shunday hajmni saqlab qolsa, AQSh undan may oyidayoq o‘tib ketishi mumkin.
Bu orada Rossiya OPeK+ kelishuvi kuchda qolganda ham neft qazib olish bo‘yicha dunyodagi yetakchiligini saqlab qoladi. Kelishuvga ko‘ra, Rossiya neft qazib olish hajmini 10,947 barrel bilan cheklaydi.
Mavzuga oid
21:19 / 16.11.2024
Tramp Oq uy tarixidagi eng yosh matbuot kotibini tayinladi
15:52 / 16.11.2024
Amerikalik olimlar bioorganizmlarning “uchinchi holati”ni aniqladi
15:12 / 16.11.2024
Uyqu to‘g‘ri qaror qabul qilishga yordam beradi - tadqiqot
14:32 / 16.11.2024