Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Bolalarni qamoqqa tashlashmoqda». Erdo‘g‘an Isroilni keskin qoraladi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Istanbuldagi musulmon mamlakatlar yetakchilarining sammitida al-Qudsni Falastin poytaxti sifatida tan olishni taklif qildi hamda shaharni «musulmonlar uchun qizil chiziq» deb atadi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Turkiya yetakchisi Vashingtonning Isroil poytaxtidagi elchixonasini al-Qudsga ko‘chirish bo‘yicha qarorini keskin qoraladi hamda Isroilni «terrorchi davlat» va «istilochi» deb atadi.
«Isroil terrorchi davlat. Terrorchi harbiylar bolalarni ushlashmoqda va qamoqxonaga tashlashmoqda. Al-Qudsni bosib olingan Falastin davlati poytaxti sifatida tan olishga chaqiraman», - deya ma'lum qildi Erdo‘g‘an.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron ham musulmon mamlakatlarga chaqiriq bilan chiqqani xabar berilgandi. Eron parlamenti musulmon mamlakatlarni Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzishga va AQSh bilan iqtisodiy munosabatlarni minimal darajaga qadar kamaytirishga chaqirgan.
Mavzuga oid
09:56 / 08.07.2026
Hamas G‘azodagi fuqarolik hukumatini tarqatib yubordi
17:20 / 02.07.2026
Isroilning Turkiyaga bosimi: genotsidni yashirish uchun boshqalarni ayblash siyosati
00:14 / 29.06.2026
Isroil hukumati Usmoniylar imperiyasida armanlar genotsidi bo‘lganini tan oldi
10:45 / 27.06.2026