18:40 / 13.12.2017
4142

Eronda zilzila oqibatida 60 ga yaqin kishi jabr ko‘rdi

Eronda 13 dekabrda yuz bergan 6,1 magnitudali zilzila oqibatida kamida 58 kishi jabrlandi. Zilzila Eronning janubidagi Kirmon viloyatida qayd qilingan.  

Barcha jabrlanganlar shifoxonalarga yetkazilganlar. 12 dekabrda ham shu hududda 6,2 magnitudali zilzila qayd qilingandi, uning oqibatida 17 kishi jarohat olgan.

Noyabrda Eronda 7,3 magnitudali zilzila yuz bergan. Uning oqibatida 500 dan ko‘proq odam halok bo‘lgan, 7 mingdan ko‘proq odam jarohat olgan.

Mavzuga oid
Top