Islom mamlakatlari AQShga nisbatan sanksiyalar mexanizmini ishlab chiqishi mumkin
Donald Trampning Al-Qudsni Isroil poytaxti deb e'lon qilishga doir qaroridan so‘ng islom mamlakatlari BMT Xavfsizlik Kengashi (XK)ga AQSh ustidan shikoyat qilishi lozim. Tele Liban kanalining xabar berishicha, Livan prezidenti Mishel Aun Istanbuldagi Islom hamkorlik tashkiloti (IHT)ning chorshanba kungi sammitida shunday bayonot bilan chiqqan.
"AQShni bu qaroridan voz kechishga majbur qilish uchun ham shunday qilish kerak bo‘ladi", - deya ta'kidladi u.
"AQSh BMT Bosh Assambleyasi va Xavfsizlik Kengashining Yaqin Sharq mojarosi bo‘yicha rezolyutsiyasini buzdi, shunday ekan, u mintaqada tinchlik o‘rnatishga harakat qilayotgan buyuk davlat sifatida e'tirof etilishga haqli emas", - deya hisoblaydi Aun.
Livan prezidentining ta'kidlashicha, "IHT tomonidan Al-Qudsni Isroil poytaxti deb tan olgan har qanday davlatga nisbatan qo‘shma sanksiyalar mexanizmi ishlab chiqilishi kerak".
Konstitutsiyaga ko‘ra, Livan prezidenti nasroniy bo‘lishi kerakligiga qaramay, Livan IHT a'zosi hisoblanadi. Aun 12 dekabr kuni Al-Qudsning AQSh tomonidan Isroil poytaxti deb tan olinishini "katta xato" deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Al-Quds "uch monoteistik din shahri" bo‘lib qolishi kerak.
Istanbuldagi sammit IHTda raislik qilayotgan Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an tashabbusi bilan o‘tkazilmoqda. Unda 48 mamlakat vakili ishtirok etib, ulardan 16 nafari - davlat rahbarlari. Yig‘ilish so‘nggida yakuniy deklaratsiya qabul qilinadi va unda AQShning qaroriga "javob" qarori e'lon qilinadi.
Mavzuga oid
14:24 / 08.08.2024
IHT Isroilga Hamas yetakchisi o‘limi uchun javobgarlikni yukladi
15:33 / 03.06.2024
Islom hamkorlik tashkilotining turizm yo‘nalishi bo‘yicha raisligi O‘zbekistonga berildi
21:17 / 10.11.2023
Muqobil koridorlar qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha yaxshi - IHTdagi faollashuv nega muhim?
16:38 / 09.11.2023