16:55 / 13.12.2017
27542

Yo‘l fondiga to‘lov miqdori oshishi mumkin

2018 yildan yangi avtomobil sotib olinganda, avtomobil qiymatidan bir marta yo‘l fondiga to‘lanadigan 3 foizlik to‘lov 7 foizga oshirilishi kutilmoqda. Kun.uz bergan ma'lumotga ko‘ra, bu tegishli qaror loyihasida ko‘zda tutilgan.

O‘zbekistonda 2018 yilgi  davlat byudjyeti daromadlari hamda xarajatlari parametrlari, shuningdek, soliq stavkalarini belgilab beruvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining muxsus qarori qabul qilinishi kutilmoqda.

Shuningdek, yer maydonlaridan foydalanmasa, ekin ekilmasdan, qarovsiz tashlab qo‘yilsa, yer uchun soliq miqdori 3 barobar oshishi mumkin.

Prezidentning tegishli qarori qabul qilingach, bu o‘zgarishlar yangi yilning birinchi kunidan joriy etiladi.

Top