Qirg‘iziston prezidenti Mustaqillik maydoniga tashrif buyurdi
Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooranbay Jeenbekov O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov hamrohligida Mustaqillik maydoniga tashrif buyurdi.
O‘zA xabariga ko‘ra, oliy martabali mehmon hurriyatimiz, porloq istiqbolimiz va ezgu niyatlarimiz ramzi bo‘lgan Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo‘ydi.
«Mamlakatimizning bosh maydonida qad rostlagan Mustaqillik va ezgulik monumenti O‘zbekiston tanlagan yo‘l – mustaqillik, tinchlik va taraqqiyot timsolidir. Ushbu monument teran ma'no-mazmuni, g‘oyaviy-badiiy yechimi bilan O‘zbekistonning tinchliksevar siyosatini, xalqimizning bunyodkorlik va farovonlik yo‘lidagi ezgu intilishlarini o‘zida ifoda etadi», deyilgan xabarda.
Sooranbay Jeenbekov Mustaqillik maydoni tinchlik, do‘stlik va ezgulikni targ‘ib qilishda, o‘zbek xalqining buyuk kelajakka ishonchini mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega me'moriy majmua ekanini alohida ta'kidladi.
Mavzuga oid
11:50 / 29.06.2023
Qirg‘iz deputati Sooranbay Jeenbekovni sobiq prezident maqomidan mahrum qilish taklifi bilan chiqdi
11:30 / 15.12.2017
Qirg‘izistonning yana bir delegatsiyasi O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi
13:20 / 14.12.2017
Foto: Qirg‘iziston prezidenti O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan milliy mahsulotlar bilan tanishdi
18:10 / 13.12.2017